Sektor rahbarlari tuman shtabida
Sektor rahbarlari tuman shtabida
Xabaringiz bor, tumanimiz hududida qish mavsumida aholi va ijtimoiy obyektlarni ichimlik suvi, gaz, elektr energiyasi bilan ta’minlash, bu borada yuzaga kelayotgan muammolarni zudlik bilan bartaraf etish maqsadida Oqdaryo tuman hokimligida 24 soat davomida uzluksiz ishlovchi shtab tashkil etilgan.
Tuman hokimi Sh.Qudratov va sektor rahbarlari ishtirokida shtab faoliyati o‘rganildi. Shtabga kelib tushayotgan murojaatlarning birortasini e’tiborsiz qoldirmaslik va tezkor ravishda ularning ijobiy yechimini qilish yuzasidan tushunchalar berildi.