Sayyor sudda probatsiya hisobidagi 9 nafar shaxslar jazodan ozod etildi
Sayyor sudda probatsiya hisobidagi 9 nafar shaxslar jazodan ozod etildi
Bugun Oqdaryo tuman14-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabi binosida Jinoyat ishlari bo‘yicha Oqdaryo tuman sudining raisi P.Polvonov ishtirokida sayyor sud utkazildi. Sud ishida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 73-moddasiga asosan sud tomonidan tayinlangan ahloq tuzatish ishlari, ozodlikni cheklash va muayyan huquqdan mahrum qilish jazolarini o‘tash davrida o‘zining jinoiy qilmishlarini anglab yetgan, tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan, jazo o‘tash davomida o‘zini ijobiy tomondan ko‘rsatgan va axloqan tuzalgan Oqdaryo tumani IIB JXX Probatsiya guruhi hisobida turgan 9 nafar nazoratdagi shaxslarga nisbatan yig‘ma jild hujjatlari ko‘rib chiqilib, jazoni o‘tashdan muddatdan ilgari shartli ozod qilindi.