insurez
22-08-2024 16:40

Sanoat korxonalari faoliyati o‘rganildi


Sanoat korxonalari faoliyati o‘rganildi

Bugun Oqdaryo tuman hokimi Sh.Qudratov “Hududlarda sanoat salohiyatini yanada oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-295 sonli qarorning 2-bandi v-kichik bandiga asosan tegishli tashkilotlar bilan birgalikda sanoat korxonalarini muammolarini manzilli o‘rgandi. Xususan, tumandagi "JEANS TEKSTILE" MChJ, “ZARAFSHON TEKSTIL” MCHJ Loyish 2 filial, "ASR IMKON TEXTILE" MChJ va "EVRO TBM" MChJlar faoliyati bilan tanishildi. Korxonalarda yuzaga kelayotgan muammo va takliflar bo‘yicha joyida mas’ullarga topshiriqlar berildi.

Teglar
- -