insurez
19-04-2024 19:06

"Samarqand suv ta'minoti" MCHJ Oqdaryo tuman filiali rahbari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi



Bugun Oqdaryo tuman hokimligida navbatdagi matbuot anjumani o‘tkazildi. Ommaviy axborot vositalari vakillari va ijtimoiy tarmoq faollari ishtirok etgan mazkur matbuot anjumanida  "Samarqand suv ta'minoti" MCHJ Oqdaryo tuman filiali rahbari Dilshod Mоvlonov ishtirok etib, hududda aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash darajasini oshirish borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Oqdaryo tumanida jami 14 512 ta xonadon, ya’ni 69 085 nafar aholi toza ichimlik suvi bilan ta’minlangan. Tuman bo‘yicha jami 53 ta (8 tasi nosoz) suv inshooti va 162 km (4 km nosoz) tarmoq mavjud.

Hozirgi kundan tumanda ichimlik suvi bilan ta’minlash darajasi 45.5% tashkil qiladi.

2023-yilda Muhtaram yurtboshimizning Oqdaryo tumaniga tashrifi davomida “Kumushkent” mahallasi aholisi tomonidan ichimlik suvi masalasidagi taklifiga asosan mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan 613 mln so‘m ajratilib, 1 dona suv inshooti va 7.7 km tarmoq “Samarqand suv ta’minoti” AJ tomonidan qo‘rilish montaj ishlari olib borilmoqda.

2023 yilda tumanda aholini markazlashgan toza ichimlik suvi bilan ta’minlanish darajasini oshirish borasida 8,3 mlrd.so‘m mablag‘lar hisobidan 26,9 km suv tarmog‘i va 6 ta suv inshooti qurilib, 5200 nafar aholi markazlashtirilgan ichimlik suvi bilan ilk bor ta’minlandi.

Natijada, 10 ta mahallardagi 6702 nafardan ortiq aholi ilk bor ta’minlandi va 1372 nafarini suv ta’minoti yaxshilandi, avariyalarni bartaraf etish muddati 6-7 kundan, 1-2 kunga tushirildi.

Misol uchun, Oqdaryo tumanining olis hududi Chorbog‘ mahallasi Kelachi qishlog‘ida 1 ta suv inshooti va 3,5 km suv tarmoqlari yangidan tortildi.

Jumladan, Tumanda aholigini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida tumanning qo‘shimcha dasturiga asosan 2023-yilning 2-choragida “Go‘zalkent” mahallasida 1,15 mlrd. so‘m evaziga 1 dona suv inshooti va 3.5 km tarmoq tortildi,

Bundan tashqari 4.4 km ichimlik suv tarmog‘i hashar yo‘li bilan tortildi. Jumladan “Oqdaryo” mahallasida 2.0 km, “Mustaqillik” mahallasida 1.3 km va “Loyish” mahallasida 1.1 km.

Joriy yil yakuniga qadar amalga oshirilayotgan ishlar natijasida aholining markazlashtirilgan ichimlik suvi bilan ta’minlanish qamrovi

45,5 foizdan 55,4 foizga yetkaziladi.

2. Tuman aholisini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida

2024-yilda O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 24-oktabrdagi PQ-343-sonli qarori asosida 5 ta (“Z.M.Bobur”, Zarafshon, “Oqdaryo”, “Yangiobod” va Uchtepa) mahallalarda 5 ta suv inshoati va 31.2 km tarmoq tortilishi va natijada ichimlik suvi bilan ta’minlanish qamrovi 55.4 foizdan 68.7 foizga yetkazilishi rejalashtirilgan.

Tadbirda ishtirok etgan jurnalist va blogerlar sohaga oid o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javob olishdi.

 

Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati

Teglar
- -