insurez
29-06-2024 11:14

“Sabr”nodavlat notijorat tashkiloti tashabbusi bilan seminar o‘tkazildi


“Sabr”nodavlat notijorat tashkiloti tashabbusi bilan seminar o‘tkazildi

Nemis Xalq universitetlari Assosatsiyasining (DVV) O‘zbekistondagi Filiali va “Sabr” Respublika ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish markazi bilan hamkorlik asosida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, kasb-hunar o‘rgatish borasida tumanimizda ham bir qator loyihalar amalga oshirilmoqda. Bugun mazkur nodavlat tashkilotlar bilan Oqdaryo tuman hokimi o‘rinbosari Y.O‘roqova, Mustaqillik mahallasi yettiligi ishtirokida hamkorlikda ish olib borish, mahalladagi ishsiz xotin-qizlarga kasb-hunar o‘rgatib, bandligini ta’minlash borasida seminar o‘tkazildi.
Tadbirda loyiha kordinatori Madina Rahimova tomonidan loyihaning mazmun va maqsadi, kelgusi rejalar, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar seminar ishtirokchilariga batafsil tushuntirib o‘tildi.

Teglar
- -