Qishloq xo‘jaligida kechiktirib bo‘lmas masalalar yuzasidan topshiriqlar berildi
Qishloq xo‘jaligida kechiktirib bo‘lmas masalalar yuzasidan topshiriqlar berildi
Oqdaryo tuman prokurori A.Vaxabov, hokim o‘rinbosari O.Shodmonovlar qishloq xo‘jaligi mas’ullari, bank xodimlari hamda fermer xo‘jaliklari rahbarlari bilan uchrashib, qishloq xo‘jaligida kechiktirib bo‘lmaydigan masalalar yuzasidan muhokama olib borishdi. Muhokama davomida 2025-yil hosili uchun ekilgan g‘alla maydonlarini sug‘orishni tez kunlarda yakunlash, ariqlarni tozalash va betonlashtirish, bank kredit qarzdorliklarini qaytarish borasida fermerlarga muhim topshiriq va tavsiyalar berildi.