Qishloq xo‘jaligi yerlaridan samarali foydalanish borasida seminar o‘tkazildi
Qishloq xo‘jaligi yerlaridan samarali foydalanish borasida seminar o‘tkazildi
Bugun Oqdaryo tumani 1-sektor “Kumushkent” MMTP hududidagi “Shohrux” fermer xo‘jaligi dala sheponida tuman hokimi Sherzod Qudratov hamda tuman qishloq xo‘jaligi mutasaddilari, MMTP rahbarlari va fermer xo‘jaliklari raislari ishtirokida qishloq xo‘jaligi yerlaridan samarali foydalanish borasida seminar o‘tkazildi.
Seminar davomida 2024-yil 17-iyuldagi "O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi O‘RQ 936-sonli qonuni targ‘ibot ishlari olib borilib, qishloq xo‘jaligi yerlaridan samarasiz foydalanish holatlari kuzatilganda qonunchilikda belgilangan tartibda chora ko‘rilishi bo‘yicha fermer xo‘jaliklariga Agroinspeksiyaning Oqdaryo tuman bo‘limi tomonidan ogohlantirish xatlari berildi.