Qishloq xo‘jaligi vaziri Oqdaryo tumanida
Qishloq xo‘jaligi vaziri Oqdaryo tumanida
Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov qishloq xo‘jaligida amalga oshirilayotgan islohotlar bilan tanishish maqsadida bugun Oqdaryo tumaniga tashrif buyurib, tumanning “Dahbed” MMTP hududidagi “Fozilov Sobir bog‘i” fermer xo‘jaligi dalasida paxta terimi jarayoni, Pichoqchi mahallasida yong‘oq mahsulotini qadoqlash, qayta ishlash jarayoni hamda “AFRASIAB JEANS” klasteri paxta qabul qilish punktida paxtani qabul qilish, tarozidan o‘tkazish jarayonlari bilan yaqidan tanishdi. O‘rganish davomida vazir mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, g‘alla ekish jarayonida kelgusida yuqori hosil olish uchun e’tibor qaratish lozim bo‘lgan muhim jihatlar, paxta hosilini yog‘ingarchilik kunlariga qoldirmay terib olish va boshqa masalalarda mutasaddi rahbarlar va soha mas’ullariga muhim tavsiyalar berdi.