insurez
19-09-2024 18:18

Qishloq xo‘jaligi rivoji farovonlik va yuksalishga zamin yaratadi


Qishloq xo‘jaligi rivoji farovonlik va yuksalishga zamin yaratadi

🇺🇿Sohada amalga oshirilayotgan ishlar natijadorligi bilan tanishish maqsadida Samarqand viloyatiga tashrif buyurgan Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov tashrif dasturiga muvofiq, ilk lokatsiya bo‘yicha Oqdaryo tumani "Fozilov Sobir bog‘lari" fermer xo‘jaligida bo‘ldi.

🌱 Bu yerda paxtaning "Sulton" nomli mahalliy navi ekilgan bo‘lib, gektaridan 55 sentnerdan hosil olinmoqda. Asli kasbi o‘qituvchi bo‘lgan Lola Bahromova 73 yosh bo‘lishiga qaramasdan 35 yildan buyon paxta yetishtirish bilan shug‘ullanib kelmoqda. 

Mehnat qilgan odam hech qachon xor bo‘lmaydi. Bolaligim ham paxta dalasida o‘tgan, paxta ekish va paxta terish eng sevimli mashg‘ulotlarimdan biriga aylangan. Albatta, yerga qancha mehr berilsa, daromad ham shunga yarasha bo‘ladi, sodda qilib aytganda yer sizni boqadi, – deydi u.

🇺🇿Paxta dalasini kezar ekansiz, o‘zgacha ruhiyatni, yangicha muhitni his qilasiz. Mamlakat agrar sohasining asosiy tarmog‘i hisoblangan paxtachilikni isloh qilish yuzasidan olib borilayotgan tizimli ishlar samarasiga guvoh bo‘lasiz.

🗣Vazir mazkur dala maydonini ko‘zdan kechirar ekan, o‘z vaqtida amalga oshirilgan agrotexnik tadbirlar va vegetatsiya jarayonidagi nazorat qilingani o‘z natijasini ko‘rsatganini e’tirof etdi.

ℹ️Binobarin, kelgusi yil hosili uchun 76 sxemada tomchilatib sug‘orish asosida plyonka ostiga qo‘shqator qilib ekish orqali hosildorlikni bu yilgiga nisbatan karrasiga oshirish, shuningdek, ilmiy yondashuv asosida ilg‘or va zamonaviy qishloq xo‘jaligi agrotexnologiyalarini ishlab chiqish, ularning aprobatsiyasini to‘g‘ri va o‘z muddatida o‘tkazish borasida o‘z takliflarini berib o‘tdi.

✅Bu esa nafaqat qishloq xo‘jaligi mahsulotlarni eksport yoki importi, balki qishloq xo‘jaligini yangi bosqichda taraqqiy ettirish sohada qo‘shimcha qiymat zanjirini yaratishning muhim jihatlaridan biri ekani bilan ahamiyatlidir.
 

Teglar
- -