insurez
07-08-2024 10:16

Qishloq xo‘jaligi agrotexnik tadbirlari yuzasida seminar o‘tkazildi


Qishloq xo‘jaligi agrotexnik tadbirlari yuzasida seminar o‘tkazildi

Oqdaryo tumani “Kumushkent” MMTP hududidagi “Shoxrux fermer xo‘jaligida tuman hokimi Sh.Qudratov, MMTP va fermer xo‘jaliklari rahbarlari va qishloq xo‘jaligi soha mas’ullari ishtirokida 2025-yil hosili uchun g‘alla ekish uchun yer tayyorlash, g‘alla ekish ishlarini olib borish, g‘o‘za agrotexnik tadbirlarini bajarish hamda g‘o‘za ekilgan maydonlarda kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish bo‘yicha ko‘rgazmali o‘quv seminari tashkli qilindi. Seminarda O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi Oqdaryo tuman bo‘limi rahbari D.Qilichev so‘zga chiqib, g‘o‘za maydonlarida bajarilishi zarur bo‘lgan tadbirlar hamda samaradorligi yuqori bo‘lgan kimyoviy dori vositalari bo‘yicha tavfsiyalar berdi.
 

Teglar
- -