insurez
04-06-2024 18:19

QAHRAMON MMTP PILLAKORLARI TUMANDA BIRINCHILARDAN BO‘LIB PILLA REJASINI ORTIGʻI BILAN BAJARISHDI


QAHRAMON MMTP PILLAKORLARI TUMANDA BIRINCHILARDAN BO‘LIB PILLA REJASINI ORTIGʻI BILAN BAJARISHDI

Oqdaryo tuman 1-sektor hududidagi Qahramon MMTP pillakorlari joriy yil birinchi mavsumda 128 quti ipak qurtini parvarish qilishdi va 7 ming 552 kg pilla rejasini bugun, 4-iyun holatiga 7 ming 560 kg “Kumush tola” tayyorlab, rejani 100,1 foizga, shartnoma majburiyatini 14 ish kunida sharaf bilan uddaladilar.
Oqdaryo tuman hokimligi “Qahramon” MMTP rahbari Rustamxon Xusanovga, fermer xo‘jaliklari rahbarlari, zveno a’zolari va zahmatkash pillakorlariga samarali mehnatlari hamda tumanimizning “Kumush tola” xirmoni yuksalishiga qo‘shgan munosib hissalari uchun samimiy minnatdorchilik bildiradi.

Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati

Teglar
- -