insurez
08-08-2024 19:50

“Probatsiya oyligi” doirasida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi


“Probatsiya oyligi” doirasida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi

✨  Bugun Dahbed shaharchasida joylashgan Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti binosida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Oqdaryo tuman prokurori A.Vaxabov, DXX xodimi I.Qurbonov, Xalq qabulxonasi mudiri T.Murtazayev va tegishli tashkilot rahbarlari ishtirokida tuman IIB JXX Probatsiya guruhi hisobida turgan nazoratdagi yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi. 
⚡️Uchrashuvda tuman prokurori tadbirning yoshlar hayotidagi muammolarni joyida hal etish, ularga har tomonlama ko‘maklashish borasidagi ahamiyatiga alohida to‘xtalib o‘tdi.
⚡️ Qabul davomida har bir murojaat ro‘yxatga olinib, ayrim masalalar o‘z joyida hal etildi. Shu bilan birga, yoshlar tomonidan bildirilgan muammolari hamda taklif va tashabbuslari atroflicha o‘rganilib, ijrosini ta’minlash bo‘yicha tegishli mas’ullarga topshiriqlar berildi.
⚡️Shuningdek, uchrashuv davomida xorijdagi yoshlar bilan ham onlayn muloqot o‘tkazilib, murojaatlari eshitildi.

 

Teglar
- -