insurez
27-08-2024 14:19

Primkent mahallasida uchrashuv o‘tkazildi


Primkent mahallasida uchrashuv o‘tkazildi

Kuni kecha Oqdaryo tuman prokurori A.Vaxabov va Xalq qabulxonasi mudiri T.Murtazayevlar tomonidan Primkent mahallasida tadbirkorlar hamda mahalla fuqarolari bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida joylarda faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik subyektlari faoliyati, ularni qo‘llab-quvvatlash, ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish hajmlarini yanada oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati muhokama etilib, tadbirkorlarni muammo va takliflari tinglandi.

Shuningdek, uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-iyun kundagi 222-sonli qarorida ko‘rsatilgan qayta tiklanuvchi energiya manbaalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qaror ijrosini ta’minlash maqsadida tadbirkorlarga quyosh panellari o‘rnatish bo‘yicha ularga berilayotgan imtiyozlar haqida to‘xtalib o‘tildi.

Teglar
- -