“Oqdaryotumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi boshlig‘i ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi
Bugun Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati tomonidan “Oqdaryotumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi boshlig‘i Ali Imamov ishtirokida navbatdagi matbuot anjumani o‘tkazildi. Ommaviy axborot vositalari vakillari, bloger va ijtimoiy tarmoq faollari ishtirok etgan mazkur matbuot anjumanida “Maishiy gaz balonga moslashtirilgan mahallalarga suyultirilgan gaz balonlarni muntazam yetkazib berishni nazoratga olish va kamchiliklarni bartaraf etish” mavzusida so‘z yuritilib, bu borada tumanda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ishtirokchilarga batafsil ma’lumot berildi.
Oqdaryo tumanida bugungi kunda 14378 ta tabiiy gaz va 30687 ta suyultirilgan gaz iste’molchilari mavjud. Tumandagi 35 ta mahalladan 9 ta mahalla to‘lik tabiiy gaz bilan gazlashtirilgan.
Mazkur 9 ta mahallaning 7 tasida 80-90% iste’molchilarda tabiiy gaz mavjud bo‘lib, qolgan 10-20% iste’molchi suyultirilgan gaz ta’minotiga moslashtirilgan. Qolgan 24 ta mahalla to‘lik suyultirilgan gaz ta’minotiga (gaz ballonga) moslashtirilgan. Hozirgi kunda 5 ta ISUZU rusumli maxsus avtotransport vositalari orqali iste’molchilarga Payariq tuman GNP, Oqdaryo tuman GNP, Samarqand shaxar GTSH laridan suyultirilgan gaz yetkazib berilmoqda. Iste’molchilarga bugungi kunda 45-50 kun oralikda ID-karta orqali gaz yetkazib berilmoqda.
Tadbirda ishtirok etgan jurnalist va blogerlar sohaga oid o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javob olishdi.
Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati