Oqdaryodagi 29 ta umumta’lim maktablari interaktiv doskalar bilan ta’minlandi
Oqdaryodagi 29 ta umumta’lim maktablari interaktiv doskalar bilan ta’minlandi
Zamonaviy bilimlarni egallashda elektron vositalarning ahamiyati katta. Ayniqsa, bugungi kunda o‘quvchilarga interaktiv elektron doskalardan foydalanish orqali mavzularni tushuntirish ta’lim sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Oqdaryo tumanidagi 55 ta umumta’lim maktablarning 26 tasida bugungacha zamonaviy elektron doskalari mavjud edi. Hududdagi interaktiv doskalari mavjud bo‘lmagan yana 29 ta umumta’lim maktablariga yangi elektron doskalar topshirildi.
Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda tuman hokimi Sherzod Qudratov, viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Shahzod Eshonqulov hamda ta’lim tizimi faollari ishtirok etishdi.
Unda soha mutaxassislari tomonidan mazkur elektron doskalarning an’anaviy doskalardan farqli jihatlari, ularning afzalliklari to‘liq tushuntirib berildi.