💠 Oqdaryoda xotin-qizlar bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar Senat ishchi guruhi e’tiborida
💠 Oqdaryoda xotin-qizlar bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar Senat ishchi guruhi e’tiborida
Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi ishchi guruhi tumanimizda bo‘lib, xotin-qizlarning kasb-hunarga, tadbirkorlikka o‘qitish holati bilan tanishmoqda.
Dastlab, Oqdaryo tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limida soha mutaxassislaridan iborat ishchi guruhi a’zolari ishtirokida ahamiyat qaratish zarur bo‘lgan yo‘nalishlar belgilab olindi. Jumladan:
🔵Xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish va bandligini ta’minlash ishlarini muvofiqlashtirib borish;
🔵Kasb-hunarga o‘qitish maskanlari, nodavlat notijorat tashkilotlarning o‘quv markazlari faoliyati;
🔵“Xonadonbay” o‘rganish davomida aniqlangan ishsiz va ishlash istagidagi xotin-qizlarni ta’lim tashkilotlari kesimida kasb-hunar hamda tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitish holati;
🔵Kasb-hunarga o‘qitilgan xotin-qizlarning bandligini ta’minlash kabi masalalar ishchi guruh e’tiborida bo‘ladi.
Hududlarda xotin-qizlar bandligini ta’minlash, kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar sifatini oshirish ishchi guruh faoliyatining asosiy maqsadi hisoblanadi.