Oqdaryoda viloyat Adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosarining sayyor qabuli o‘tkazildi
Oqdaryoda viloyat Adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosarining sayyor qabuli o‘tkazildi
“Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi doirasida bugun Samarqand viloyat Adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Maqsud Qurbonov tomonidan Oqdaryo tuman 14-son Bolalar musiqa va san’at maktabida sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabul davomida fuqarolarning davlat xizmatlari, FHDYO, notarial va adliya tizmi bilan bog‘liq boshqa kundalik hayotda uchraydigan huquqiy muammolar yuzasidan murojaatlari qabul qilindi. Har bir murojaat tegishli tartibda ro‘yxatga olinib, tegishliligi bo‘yicha mas’ullarga biriktirildi.