Oqdaryoda “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi
Oqdaryoda “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi
Bugun Oqdaryo tumanida joylashgan Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar institutida "Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!" shiori ostida o‘tkazilayotgan Yoshlar festivali doirasida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi.
Unda tuman prokurori A.Vaxabov ishtirok etib, tuman yoshlari bilan samimiy muloqot o‘tkazdi.
Tuman prokurori bugungi kunda bilim olaman degan yoshlar uchun davlatimiz tomonidan barcha imkoniyatlar yaratib berilganligi, ushbu imkoniyatlardan unumli foydalanish yorqin kelajak garovi ekanligini ta’kidlab, bitiruvchi yoshlarga oldinda turgan kirish imtihonlarida omad va muvaffaqiyatlar tiladi.
Shuningdek, uchrashuvda yoshlar tuman prokuroriga o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan bir qator savol va takliflarini yo‘llashdi.
Ushbu savollarga tuman prokurori tomonidan batafsil javoblar berilib, takliflar ijrosi yuzasidan kerakli chora-tadbirlar belgilandi.