Oqdaryoda aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash yo‘lidagi islohotlar xususida
Oqdaryoda aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash yo‘lidagi islohotlar xususida
Aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash muhim masalalardan hisoblanib, bu borada Oqdaryo tumanida muayyan ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Bugungi kunda tumanda jami 53 ta suv inshooti va 162 km suv tarmog‘i mavjud. 2024-yilda tuman aholisini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida 2 dona suv inshooti rekonstruksiya qilinib,
7,5 km tarmoq tortildi. Natijada, 405 ta xonadonlardagi 1215 nafar aholi ilk bor markazlashtirilgan toza ichimlik suvi bilan ta’minlandi.
Jumladan, “Oqdaryo” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi “Butanosh-1” suv inshooti rekonstruksiya qilinib, 3,5 km va “Oytamg‘ali” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi Oytamg‘ali suv inshooti rekonstruksiya qilinib 4,0 km ichimlik suvi tarmoqlari tortildi.
Prokuratura organlari tashabbusi bilan tumanda mavjud suv inshootlari xatlovdan o‘tkazildi va ishlamay turgan, ta’mirtalab 25 ta suv inshootlari aniqlandi.
Bugungi kunda 12 ta suv inshootlarining nosoz turgan nasoslari yangisiga almashtirildi, 3 ta suv inshootidagi nasoslar ta’mirlandi, 2 ta suv inshootiga zarasizlantirish uskunasini o‘rnatildi, 6 ta suv inshootiga shit kaskadlar o‘rnatildi, 600 metr suv quvurlari yotqizildi hamda 12 ta suv inshootiga kuzatuv kameralari o‘rnatish ishlari amalga oshirildi.
Shuningdek, ushbu suv inshootlaridagi suv minoralarida ranglash ishlari olib borilib, obodonlashtirilmoqda.