insurez
01-06-2024 12:00

Oqdaryoda "1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni" keng nishonlanmoqda


Oqdaryoda "1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni" keng nishonlanmoqda

Bugun "1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni" munosabati bilan Oqdaryo tuman istiroxat bog‘ida bayram tadbirlari keng nishonlandi. Erta tongdan boshlangan bayram tadbiri davomida tuman Madaniyat bo‘limi bilan hamkorlikda bolajonlar tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlari, she’r, kuy qo‘shiqlar hamda raqslar ijro etilganligi tadbirga o‘zgacha ko‘tarinki kayfiyat baxsh etib, bolajonlarga bayram sovg‘alari ulashildi. Bayram tadbirida Oqdaryo tuman hokimi o‘rinbosari Charos Ortiqova ishtirok etib, bolajonlarni bugungi bayrami bilan qutladi. Shuningdek, istirohat bog‘ida tashkil etilgan attrasionlar bolajonlar quvonchiga quvonch ulashdi.

Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati

Teglar
- -