insurez
13-08-2024 11:10

Oqdaryo tumaniga zamonaviy yong‘in-qutqaruv avtomobili topshirildi


Oqdaryo tumaniga zamonaviy yong‘in-qutqaruv avtomobili topshirildi

Samarqand viloyati FVB tomonidan sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarni va yong‘inlari tezkor hamda kam talofatlar bilan bartaraf etish maqsadida Oqdaryo tumaniga zamonaviy, eng so‘nggi rusumdagi qutqaruv asbob-anjomlari bilan jihozlangan, suv sig‘imi 6 tonna bo‘lgan ''ISUZU'' rusumli yong‘in-qutqaruv avtomobili topshirildi.

Boshqarma boshlig‘i N.Kadirov tomonidan bugun tuman hokimi Sh.Qudratov va tuman prokurori A.Vaxabovlarga ushbu texnikaning imkoniyatlar tushuntirilib, zamonaviy yong‘in-qutqaruv avtomobilining kalitini taqdim etdi.
 

Teglar
- -