insurez
29-07-2024 15:41

Oqdaryo tumanidagi barcha mahallalar “Yettiligi” 6 oylik yakuni bo‘yicha fuqarolar oldida hisobot berishdi


Oqdaryo tumanidagi barcha mahallalar “Yettiligi” 6 oylik yakuni bo‘yicha fuqarolar oldida hisobot berishdi

“Mahalla yettiligi” a’zolari – mahalla raisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi, profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim va soliq inspektori tomonidan amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha mahalla fuqarolar yig‘ini oldida har chorakda hisobot berish tartibi belgilangan.

Shunga asosan, ayni kunlarda Oqdaryo tumanidagi 35 ta mahalla yetilligi fuqarolar oldida hisobot berishmoqda. Unda yettilikning har bir a’zosi o‘z faoliyatining barcha yo‘nalishlari bo‘yicha batafsil hisobot berdi. Xususan, Sayxunobod tajribasi hamda G‘ijduvon tumaning Nodirabegim mahallasi tajribalari asosida kelgusida mahallalarda qilinadigan ishlari yuzasidan ham hisobotlari eshitildi.
 

Teglar
- -