insurez
02-05-2024 19:44

NOQONUNIY UYLAR QURISH QONUNGA ZID EKANLIGINI BILIB OLING


NOQONUNIY UYLAR QURISH QONUNGA ZID EKANLIGINI BILIB OLING

Bugun “Oqdaryo ovozi” gazetasi tahririyatida davlat kadastrlari palatasining tuman filiali boshlig‘i Elyor Jo‘rayev va kadastrlar agentligi tuman bo‘limi boshlig‘i Dilshod Rahimov ishtirokida kengaytirilgan matbuot anjumani tashkil etildi. Tadbir davomida ma’ruzachilar tomonidan bu sohalarda hozirga qadar amalga oshirilgan ishlar, muammolar va rejalar haqida batafsil fikr yuritildi. Ayniqsa tumanda noqonuniy turar-joy va noturarjoylar qurishga qarshi amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida raqamlar asosida tahlil qilib berildi. 
Ma’ruzachilar jurnalistlar tomonidan berilgan barcha savollarga atroflicha va misollar orqali javob berishdi. Qizg‘in savol-javoblar asosida tashkil etilgan matbuot anjumanida barcha qoniqish hosil qilishdi.

Teglar
- -