NAVBATDAGI SAYYOR QABUL PICHOQCHI MAHALLASIDA O‘TKAZILDI
NAVBATDAGI SAYYOR QABUL PICHOQCHI MAHALLASIDA O‘TKAZILDI
Bugun navbatdagi sayyor qabulda Xalq deputatlari Oqdaryo tuman hokimining o‘rinbosari Y.O‘roqova va Mahallalr uyushmasi tuman bo‘limi boshlig‘i R.Husanovlar 1-sektor hududidagi Pichoqchi mahallasida fuqarolarning murojaatlarini qabul qilishdi. Unda idora-tashkilot rahbarlari va mahallada yashovchi fuqarolar ishtirok etishdi.
Qabulda elektr ta’minoti, tibbiy yordam, moddiy yordam singari masalalar yuzasidan qilingan murojaatlar yuzasidan qonun doirasida tushuntirishlar berildi. Muddat talab qiladigan murojaatlar asosida tegishli tashkilot rahbarlariga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.
Oqdaryo tumani hokimligi axborot xizmati