Navbatdagi sayyor qabul Oqdaryo mahallasida o‘tkazilmoqda
Navbatdagi sayyor qabul Oqdaryo mahallasida o‘tkazilmoqda
Ayni paytda Oqdaryo tumani 1-sektor hududidagi Oqdaryo mahallasining Qiyat qishlog‘ida tuman hokimining sayyor qabul o‘tkazilmoqda. Qabul davomida Oqdaryo tuman hokimi Sh.Qudratov, Xalq qabulxonasi mudiri T.Murtazayev hamda tegishli tashkilotlar rahbarlari ishtirokida fuqarolarning murojaatlari qabul qilinmoqda. Yechimi oson murojaatlar yuzasidan joyida huquqiy tushuntirishlar berilib, muddat talab etiluvchi murojaatlar esa ijro uchun tegishliligi bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga biriktirilmoqda.
Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati