Navbatdagi sayyor qabul Galaravot mahallasida o‘tkazilmoqda
Navbatdagi sayyor qabul Galaravot mahallasida o‘tkazilmoqda
Ayni paytda Oqdaryo tumani 3-sektor hududidagi Galaravot mahallasida sayyor qabul o‘tkazilmoqda. Qabul davomida Xalq deputatlari Oqdaryo tuman Kengashi kotibiyati mudiri D.Adilova, tuman hokimi o‘rinbosari Y.O‘roqovalar tomonidan tegishli tashkilotlar rahbarlari ishtirokida fuqarolarning murojaatlari qabul qilinmoqda. Yechimi oson murojaatlar yuzasidan joyida huquqiy tushuntirishlar berilib, muddat talab etiluvchi murojaatlar esa ijro uchun tegishliligi bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga biriktirilmoqda.