NAVBATDAGI SAYYOR QABUL AVAZALI MAHALLASIDA O‘TKAZILDI
NAVBATDAGI SAYYOR QABUL AVAZALI MAHALLASIDA O‘TKAZILDI
___
Bugun 4-sektor hududidagi Avazali mahallasida o‘tkazilgan navbatdagi sayyor qabulda Xalq qabulxonasi mudiri T.Murtazayev va Oqdaryo tuman hokimining o‘rinbosari Y.O‘roqovalar fuqarolarning murojaatlarini qabul qilishdi. Unda idora-tashkilot rahbarlari va mahallada yashovchi fuqarolar ishtirok etishdi.
Qabulda elektr ta’minoti, tibbiy yordam, moddiy yordam singari masalalar yuzasidan qilingan murojaatlar yuzasidan qonun doirasida tushuntirishlar berildi. Muddat talab qiladigan murojaatlar asosida tegishli tashkilot rahbarlariga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.