NAVBATDAGI PRESS-TUR O‘TKAZILDI
NAVBATDAGI PRESS-TUR O‘TKAZILDI
Bugun Oqdaryo tuman hokimi o'rinbosari Ch.Ortiqova tomonidan jurnalist va blogerlar ishtirokida tumanda aholini ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami bilan olib borilayotgan ishlar yuzasidan Press-tur o‘tkazildi.
Tadbir davomida OAV xodimlari tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida aholini ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami bilan olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishib, jurnalistlar bilan yolg'iz keksalar hamda nogironligi mavjud fuqarolar holidan xabar olinib, davlatimiz tomonidan aholiga ko'rsatilayotgan ijtimoiy yordamlar bilan tanishdilar.