Navbatdagi matbuot anjumani o‘tkazildi
Bugun Oqdaryo tuman hokimi o‘rinbosari Ch.Ortiqova hamda tuman tibbiyot birlashmasi mas'ullari ishtirokida “Tumanda aholi salomatligini saqlash, tibbiyot sohasini yuqori samara bilan ishlaydigan tizimga aylantirish borasidagi ishlar" mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.
Ommaviy axborot vositalari vakillari va ijtimoiy tarmoq faollari ishtirokida o‘tkazilgan mazkur matbuot anjumani davomida tumanda aholi salomatligini saqlash, tibbiyot sohasini yuqori samara bilan ishlaydigan tizimga aylantirish yuzasidan ishtirokchilarning savollariga batafsil javoblar berildi.
Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati