Dolzarb masalalar muhokama markazida
Dolzarb masalalar muhokama markazida
Bugun Oqdaryo tumani hokimligida tuman hokimi Sherzod Qudratov rahbarligida hokim o‘rinbosarlari, hokimlik apparat xodimlari va tegishli tashkilot rahbarlari ishtirokida amalga oshiriladigan dolzarb vazifalar yuzasidan muhokama o‘tkazildi. Muhokama davomida ijro intizomi, “edo.ijro.uz” elektron tizimi orqali kelgan hujjatlar va topshiriqlar ijrosini ta’minlash, bandlik, tumandagi issiqxonalarni o‘rganish va samarali ishlashini ta’minlash, M-37 magistral yo‘li yoqasini obodonlashtirish, yo‘l yoqasidagi xizmat ko‘rsatish obyektlarida fuqarolar, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun sharoitlarni yaxshilash, noqonuniy qurilishlarni bartaraf etish, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, “Yashil makon” loyihasi bo‘yicha joylarda tadbirlar olib borish, kommunal xizmatlar uchun to‘lovlarni undirish, aholiga ko‘mir tarqatish ishlarini jadallashtirish kabi masalalar muhokama etilib, mas’ullarga muhim topshiriqlar berildi.