Mustaqillik mahallasida kambag‘allikni qisqartirish borasida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
Mustaqillik mahallasida kambag‘allikni qisqartirish borasida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
Bugun Oqdaryo tuman hokimi Sh.Qudratov, Mustaqillik mahallasi yettiligi hamda tegishli tashkilot rahbarlari ishtirokida mahallada kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha tashkilotlarga biriktirilgan xonadonlarda olib borilayotgan ishlar yuzasidan muhokama olib borildi. Uchrashuvda biriktirilgan har bir xonadonda amalga oshirilgan ishlar atroflicha ko‘rib chiqilib, mazkur oilalarni muammolarini hal etish, ishsiz fuqarolarni bandligini ta’minlash choralarini ko‘rish borasida muhim topshiriq va tavsiyalar berildi.