insurez
26-08-2024 13:00

Mustaqillik bayrami arafasida zamonaviy bog‘cha binosi foydalanishga topshirildi


Mustaqillik bayrami arafasida zamonaviy bog‘cha binosi foydalanishga topshirildi

Bugun tumanimizning Pichoqchi mahallasida mukammal ta’mirdan chiqarilgan 22-Maktabgacha ta’lim tashkilotining yangi va zamonaviy qiyofada foydalanishga topshirilganligi mahalla ahliga Vatanimiz Mustaqilligining 33 yilligi bayrami kunlarida bayram sovg‘asi bo‘ldi. 
MTT binosining ochilish marosimida Oqdaryo tuman hokimi Sherzod Qudratov, hokim o‘rinbosarlari, MTT rahbarlari va mahalla faollaridan iborat keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishib, binoda bolajonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishishdi.

 

Teglar
- -