Munosabat: Fuqaroning murojaatida aytilgan gaplar o‘z tasdig‘ini topmadi
Munosabat: Fuqaroning murojaatida aytilgan gaplar o‘z tasdig‘ini topmadi
Samarqand viloyati hokimligi axborot xizmatining so‘rovida Oqdaryo tumani Galaravot mahallasida yashovchi fuqaro Kamola Abdullayevaning murojaatiga ko‘ra unga nisbatan mahalla raisi tomonidan qo‘pol munosabatda bo‘linganligi bildirilgan.
Mazkur holat yuzasidan shuni maʼlum qilamizki, 2024-yil 29-oktabr kuni Oqdaryo tumani Galaravot mahallasida yashovchi fuqaro Kamola Abdullayeva mahalladagi xotin-qizlar faoli Dilbar Xudoynazarovaga xonadonida elektr toki yo‘qligini, mahalla raisi Ixtiyor Raimqulov vazifasiga noloyiqligi aytib, SMS orqali murojaat qilgan. Shu kuni kredit qarzdorligi bo‘lgan shu mahallada yashovchi fuqaro Fozil Qorayevni uy manzilini ko‘rsatishni so‘rab MIB xodimi mahallaga murojaat qilgan. “Galaravot” MFY raisi I.Raimqulov hamda xotin-qizlar faoli D.Xudoynazarovalar MIB xodimga kreditdan qarzdorligi bo‘lgan fuqaro Fozil Qorayevni uy manzilini ko‘rsatish uchun birga borishadi va qaytishlarida fuqaro K.Abdullayevani ham murojaatini o‘rganish uchun xonadoniga kirib o‘tishgan. O‘rganish davomida mahalla raisi K.Abdullayevaga balki elektr qarzdorligi yuzaga kelganligi uchun sveti o‘chgan bo‘lishi mumkinligini aytib, hisobni tekshirib ko‘rishini aytgan. Murojaatni o‘rganayotganligi holatini telefonda rasmga olishgan. Bundan jahli chiqqan fuqaro “Nega meni uyimga MIB xodimi bilan keldinglar” deb janjal ko‘tarib, mahalla masʼullariga baqira boshlagan.
O‘rganish davomida fuqaro K.Abdullayevani ijtimoiy tarmoqlarda “Mahalla masʼullari menga nisbatan kuch ishlatdi degan” gaplari mutlaqo asossiz bo‘lib, o‘z tasdig‘ini topmadi. Shuningdek, fuqaro K.Abdullayevaning “Ayollar daftari” orqali berilayotgan yordamlar to‘liq berilmayotganligi haqidagi gaplari ham asossiz bo‘lib, fuqaroga ijtimoiy yordamlar, shuningdek, homiylik yordamlari ham muntazam ko‘rsatib kelinayotganligini maʼlum qilamiz.
Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati