insurez
22-05-2024 09:14

Muhim masalalar muhokama etildi


Muhim masalalar muhokama etildi 

Bugun Oqdaryo tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Elyor Ashurov Zoom platformasi orqali tuman sektor rahbarlari, mahallalar yettiligi bilan migratsiya masalalari bo‘yicha muhokama olib bordi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 2024-yil 4-apreldagi «Mehnat migratsiyasi jarayonlarini takomillashtirish hamda xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni ijrosini ta’minlash, migratsiyadan qaytgan yoshlar va fuqarolarning bandligini ta’minlash, ular bilan yakka tartibda ishlash, shuningdek, migratsiyadan qaytgan va ketmoqchi bo‘lgan yoshlar va fuqarolar bilan uchrashib, suhbatlashish borasida muhim topshiriq va tavsiyalar berildi. 

 

Teglar
- -