Muhim masalalar muhokama qilinmoqda
Muhim masalalar muhokama qilinmoqda
Ayni paytda Oqdaryo tuman hokimi Sherzod Qudratov Zoom platformasi orqali hokim o‘rinbosarlari, hokim yordamchilari, soliq inspeksiyasi inspektorlari va mahalla raislari bilan soliq qarzdorligini undiruv masalalari hamda mahallalarda “Sayhunobod tajribasi” bo‘yicha mikroloyihalarni amalga oshirish, hududlarni obodonlashtirish holati yuzasidan muhokama o‘tkazmoqda. Unda mahalliy byudjetni shakllantirish, jismoniy shaxslarning mol-mulk va yer solig‘i qarzdorligini qisqartirish hamda “Sayhunobod tajribasi” bo‘yicha olib borilayotgan ishlar muhokama etilib, mas’ullarga muhim topshiriqlar belgilab berilmoqda.