#Monitoring
Oqdaryo tumanida gʻalla maydonlarida uchraydigan zararli organizmlarga qarshi berilgan kimyoviy ishlov taʼsiri oʻrganildi
Respublika Oʻsimliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti katta ilmiy xodimi R. Alamuratov, Oqdaryo tuman Oʻsimliklar karantini va himoyasi boʻlimi yetakchi mutaxassisi O. Shakarov hamda tuman boʻlimi fitosanitar nazorati davlat inspektorlari tomonidan tumandagi gʻalla ekilgan dala maydonlari monitoring qilindi. Monitoring davomida gʻalla maydonlarida uchraydigan zang va boshqa kasalliklar, begona oʻtlar hamda zararkunandalarga qarshi berilgan kimyoviy ishlov taʼsiri oʻrganildi. Respublika Oʻsimliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti katta ilmiy xodimi tomonidan tuman boʻlimi xodimlariga gʻalla maydonlarida uchraydigan zararli organizmlar haqida qoʻshimcha tavsiyalar va koʻrsatmalar berib oʻtildi.
Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati