insurez
16-08-2024 11:24

Miyonqol mahallasida ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi


Miyonqol mahallasida ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Oqdaryo tuman bo'linmasi va tuman bosh otinoyisi Sh.Hakimova hamkorligida Miyonqol mahallasidagi ibratli  xonadonlardan birida mahallaning faol xotin-qizlari ishtirokida "Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish", "Ibratli xonadon bekasi"  ,"Milliy libos ma’naviyat ko‘zgusi " mavzularida davra suhbati tashkil qilindi. Tadbir tashkilotchilari bugungi kunda mamlakatimizdagi tinchlik-osoyishtalikning ahamiyati, ba’zi chet ellardagi tang va beqaror vaziyatlar, ayrim yoshlarning to‘g‘ri yo‘ldan adashib, yo‘l qo‘yayotgan xatoliklari, yoshlarning ta’lim-tarbiyasiga e’tiborning zarurligi va kiyinish madaniyati xususida tushunchalar berishdi.

Teglar
- -