Mehnat qilgan kam bo‘lmaydi
Mehnat qilgan kam bo‘lmaydi
Oqdaryo tumani Taraqqiyot mahallasining Naymancha qishlog‘ida istiqomat qiluvchi fuqaro Ma'mura Fayziyeva 2-guruh nogironi bo‘lsada, boqimandalikni yot bilib, tikuvchilik faoliyati bilan shug‘ullanib kelmoqda. U faoliyati davomida nafaqat o‘zi, balki mahalladagi 5-6 nafar ishsiz xotin-qizlarni ham o‘z yoniga birlashtirib tikuvchilik sir-asrorlarini o‘rgatib kelmoqda.
Ayni kunlarda Ma'mura Fayziyeva shogirdlari bilan buyurtmalar asosida kiyim-kechaklar tayyorlab, yaxshigina daromad qilishmoqda.
-Bir nafar farzandim bor. Farzandim kelajagi uchun ham harakat qilishim kerak. Bekorchilik menga yot narsa. Bugungi kunimdan baxtiyorman, -deydi qahramonimiz shukronalik bilan.