#Matbuot_anjumani
Navbatdagi matbuot anjumani o‘tkazildi
Bugun Oqdaryo tuman hokimligida ommaviy axborot vositalari vakillari va ijtimoiy tarmoq faollari uchun navbatdagi matbuot anjumani tashkil etildi.
Oqdaryo tuman Sanitariya epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi boshlig‘i Baxriddin Markayev ishtirok etgan mazkur matbuot anjumanida Samarqand viloyat hokimi tomonidan 2023-yil 12-dekabrda tasdiqlangan “Aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash borasida chora-tadbirlar rejasi” ijrosi to‘g‘risida so‘z yuritildi.
Tadbirda ishtirok etgan jurnalistlar sohaga oid o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javob olishdi.
Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati