Matbuot anjumani o‘tkazildi
Bugun Oqdaryo tuman hokimligida navbatdagi matbuot anjumani o‘tkazildi. Ommaviy axborot vositalari vakillari va ijtimoiy tarmoq faollari ishtirok etgan mazkur matbuot anjumanida Oqdaryo tuman Yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi rahbari rahbari Qahramon Hasanov ishtirok etib, tuman hududidagi umumiy foydalanishdagi hamda ichki xo‘jalik yo‘llarni ta’mirlash va saqlash borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.
Xususan, bugungi kunda Oqdaryo tumanidagi avtomobil yo‘llarining umumiy uzunligi 1071 kmni tashkil etadi. Jumladan:
Umumfoydalanuvda bo‘lgan avtomobilyo‘llar tarmog‘i - 199 km ;
Mintaqaviy avtomobil yo‘llari(ichki xo‘jalik avtomobil yo‘llari, shaxar, shaxar tipidagi posyolkalar, qishloq va tuman markazlari ko‘chalari)- 872 km. ichki yo‘llar mavjud bo‘lib, shundan
18,6 km. (2,1%) syement, 255,3 km. (29,2%) asfalt yo‘llar, 525,1 km. (60,2%) shag‘al qoplamali yo‘l va 73 km. (8,3%) tuproq (loy) yo‘llar hisoblanadi.
2023 yil davomida , O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 oktyabrdagi "2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi 408-sonli qaroriga muvofiq, Yangiobod, Kumushkent, Taraqqiyot, Yangiqo‘rg‘on, Primkent, Temirak hamda Navro‘z mahallalaridagi ichki yo‘llarga 14,2 km uzunlikda asfaltobeton yotqizish ishlari tugatilib, foydalanishga topshirildi.
Fuqarolarining tashabbusi bilan “Ochiq byudjet” (openbudget.uz) dasturi asosida takliflar kiritilib g‘olib deb topilgan Istiqlol MFY Qoratuxum qishlog‘i ichki yo‘llarining 2,3 km. qismiga betonqoplama, Turon MFY ichki yo‘llarning 2,5 km. qismiga asfaьtobeton qoplama, Bozorjoy MFY ichki yo‘llarning 2,7 km. qismiga asfaьtobeton qoplama yotqizish hamda “Mening yo‘lim” (openbudget.uz) dasturi asosida takliflar kiritilib g‘olib deb topilgan Istiqlol MFY Oqsilot qishlog‘i ichki yo‘llarining 2 km. qismiga asfaьtobeton qoplama, “Sug‘onchi” MFY Katta Sug‘onchi qishlog‘i ichki yo‘llarining 2,5 km. qismiga asfaьtobeton qoplama ishlari amalga oshirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 13 iyundagi 346-sonli farmoyishiga asosan, Oqdaryo tumanida barpo etilishi dolzarb bo‘lgan infratuzilma ob’yektlari manzilli ruyxatiga asosan, 1-sektor hududidagi qishloq ichki yo‘larining 4,3 km, 2-sektor hududidagi qishloq ichki yo‘larining 0,8 km, 3-sektor hududidagi qishloq ichki yo‘larining 5,0 km hamda 4-sektor hududidagi qishloq ichki yo‘larining 2,3 km uzunlikda asfaltobeton qoplamasini yotqizilib, joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.
Tumanda fuqarolarining tashabbusi bilan “Ochiq byudjet” (openbudget.uz) dasturi “Mening yo‘lim” loyihasida takliflar kiritilib g‘olib deb topilgan “Istiqlol” MFY Sarka qishlog‘i ichki yo‘llarning 2,0 km. qismiga 970 mln.so‘m mablag‘ ajratilib asfaьtobeton qoplama hamda Sug‘onchi MFY ichki yo‘llarning 2,5 km. qismiga 1342,3 mlrd.so‘m mablag‘ ajratilib asfaьtobeton qoplama yotqizish ishlari amalga oshirildi.
Umumfoydalanuvdagi avtomobil yo‘llarining 199 km.da joriy ta’mirlash ishlari bajarildi.
Bu raqamlar ortida – yuzlab yo‘lsozlarimizning ulkan mehnatlari yotibdi.
Mazkur tadbirlarni amalga oshirish orqali yo‘l ishlari uchun ajratilayotgan mablag‘lardan samarali va maqsadli foydalanishga erishilmoqda hamda ta’mirlanadigan yo‘l qismlarining ko‘payishi bilan birga, ularning uzoq muddat xizmat qilinishi ta’minlash yo‘lida harakatlar olib borilmoqda.
2024 yilda amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot
“Tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish” dasturi asosida, Xalqaro ahamiyatdagi M37 "Samarqand - Buxoro - Turkmanboshi" avtomobil yo‘lining 13-44 km. oralig‘ida 4,5 km. uzunlikda joriy ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
Korxona qaramog‘idagi 199 km. uzunlikdagi avtomobil yo‘llarida to‘liq yamoqli va kartali ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.
4K495 "Loyish sh.-Avazali q.-Yangiqo‘rg‘on q.-Odil q.-Oqchelak q." 15-16 km. oralig‘ida 1 km. uzunlikda joriy ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
Tadbirda ishtirok etgan jurnalist va blogerlar sohaga oid o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javob olishdi.
Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati