insurez
28-06-2024 14:10

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARI DOIMO E’TIBORDA


MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARI DOIMO E’TIBORDA

Bugun "Nuroniylar" Kengashi va "Oqdaryo ovozi" gazetasi  hamkorligida Miyonqol mahallasida joylashgan Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘rganish ishlari olib borildi. "Nuroniylar" Kengashi raisi Hamidullo Qarshiyev hamda "Miyonqol Maslahat guruhi" rahbari Habibullo Normurodov tashkilotchiligida o‘tkazilgan jamoatchilik nazorati tadbirlari dastlab, mahallaning olis manzilidagi Navbahor qishlog‘ida 2023- yilda foydalanishga topshirilgan 15-DMTTda, so‘ngra Ko‘ksoqol  qishlog‘idagi 26-DMTT faoliyatlari yaqindan o‘rganildi. Ushbu o‘rganishlar natijasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va tushuntirishlar berildi.
Mahallalar kesimida bunday jamoatchilik nazoratiga oid tadbirlar davom etadi.

 

Teglar
- -