insurez
16-08-2024 15:26

Mahalla fuqarolar yig‘inlari faoliyatini o‘rganish davom etmoqda


Mahalla fuqarolar yig‘inlari faoliyatini o‘rganish davom etmoqda

🔵 Bugun Oqdaryo tuman hokimi o‘rinbosari U.Islamov hamda O‘zbekiston mahallalari uyushmasi tuman bo‘limi boshlig‘i R.Xusanovlar Yangiqo‘rg‘on hamda Navro‘z mahallalarida "Mahalla yettiligi" faoliyati, "Uychi", "Sayxunobod", "Gijduvon" hamda  "Zarbdor" tumani tajribalari asosida bajarilgan ishlar,  "Raqamli mahalla" platformasi, mahallada yettilikni kelish-ketish daftari yuritilishi, "Obod va xavfsiz mahalla" tamoyilini joriy qilish, ajrimni oldini olish, elektr energiyasini iqtisod qilish, aholi xonadonlariga va tadbirkorlik subyektlariga quyosh paneli o‘rnatish, shuningdek, ushbu mahalladagi yangi ochilgan "mahalla servis kompaniyasi" yuzasidan o‘rganish ishlarini olib borishdi.
O‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga topshiriq va tavsiyalar berildi.

Teglar
- -