Mahalla fuqarolar yig‘inlari faoliyati o‘rganilmoqda
Mahalla fuqarolar yig‘inlari faoliyati o‘rganilmoqda
🔵O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Oqdaryo tuman bo‘limi boshlig‘i R.Xusanov Z.M.Bobur hamda Oqdaryo mahallalarida bo‘lib, "Mahalla yettiligi" faoliyati, "Raqamli mahalla" platformasi, mahallada yettilikni kelish-ketish daftari yuritilishi, "Obod va xavfsiz mahalla" tamoyilini joriy qilish, ajrimni oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni tanqidiy tahlili, shuningdek, mahallalar infratuzilmasini o‘rgandi.
O‘rganishlar davomida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas'ullarga topshiriq, ko‘rsatmalar va amaliy tavsiyalar berildi.
Tumandagi mahallalar yettiligi faoliyatini o‘rganish davom etadi.