insurez
03-07-2024 11:37

Madaniyat bo‘limi binosini ta’mirlash ishlari o‘rganildi


Madaniyat bo‘limi binosini ta’mirlash ishlari o‘rganildi

Bugun viloyat hokimi o‘rinbosari Rustam Qobilov Oqdaryo tumanida bo‘lib, tuman hokimi Sherzod Qudratov bilan birgalikda tuman madaniyat bo‘limi binosida olib borilayotgan kapital ta’mirlash ishlarini ko‘zdan kechirishdi. O‘rganish davomida viloyat hokimi o‘rinbosari ta’mirlash ishlarini sifatli bajarish borasida mas’ullarga o‘z tavsiyalarini berib o‘tdi. Shuningdek, rahbarlar madaniyat bo‘limida to‘garaklar va kutubxona faoliyati hamda tuman Axborot-kutubxona markazi faloiyati bilan yaqindan tanishdilar.
 

Teglar
- -