insurez
25-05-2024 17:26

“Kumush tola” xirmoni yuksalmoqda


“Kumush tola” xirmoni yuksalmoqda

Pilla yetti xazinaning biri sanaladi. Ayni kunlarda oqdaryolik “kumush tola zargarlari” hosil yig‘im-terimiga qizg‘in kirishgan. Tumanimizning aksariyat xonadonlarida mavsum ko‘tarinki ruhda o‘tyapti. 

Ayni kunlarda Yangihayot, Galaravot, Turon mahallalari pillakorlari ham terimni boshlab yuborishgan. Mahallaning mohir pillakorlaridan Zuhra Xolmurodova, Gulchehra Mingboyeva, Laylo Uzoqova, Nafisa Karimova hamda Shohista Ernayevalar ayniqsa, yuqori hosil ko‘tarayotgani bilan jamoatchilik e’tiborida. 

Bugun Oqdaryo tuman hokimi o‘rinbosari Yulduz O‘roqova, mahalla xotin-qizlar faoli hamda pillachilik agronomi ushbu xonadonlarga kelib, mavsumda faollik ko‘rsatayotgan xotin-qizlar bilan muloqot olib borishdi. 

Teglar
- -