insurez
11-07-2024 09:55

KORRUPSIYA– TARAQQIYOT KUSHANDASI


KORRUPSIYA– TARAQQIYOT KUSHANDASI

Bugun Oqdaryo tumani hokimligi xodimlari hamda tuman tashkilotlari masʼullari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-iyundagi “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi 931-sonli Qonunining  mazmun va mohiyatini tushuntirish va “Korrupsiyaga qarshi kurashish hamda uni oldini olish” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.

Mazkur seminarda tuman hokimi, viloyat hokimligining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat qilish sho‘basi mudiri, viloyat prokuraturasi uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i, viloyat IIB JQB korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i hamda viloyat Adliya boshqarmasi bo‘limi boshliqlari ishtirok etishdi.

Mazkur yig‘ilishda “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonunining  mazmun va mohiyati haqida tushunchalar berildi. 

Shuningdek, ushbu seminarda so‘ngi besh yilda davlatimiz rahbarining tashabbuslari va qatʼiy siyosiy idoralari bilan ushbu illatga qarshi murosasiz kurash olib borilayotganligi hamda korrupsiyaga qarshi kurashishni davlat siyosati darajasiga olib chiqilishi va qisqa fursatda korrupsiyaga batamom chek qo‘yish bo‘yicha ham huquqiy ham tashkiliy jihatdan choralar ko‘rilayotganligi taʼkidlab o‘tildi.
 

Teglar
- -