“Kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish davr talabi!”
“Kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish davr talabi!”
Bugun Oqdaryo tuman hokimligida mahallalar yettiligi hamda tashkilotlar xodimlari uchun axborot texnologiyalari sohasidagi sodir etilayotgan jinoyatchilik turlari, oqibatlari hamda ulardan qanday himoyalanishni targ‘ib qilishga qaratilgan “Kibermadaniyatni yuksaltirish” mavzusida targ'ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda Oqdaryo tumani hokimi Sherzod Qudratov, Ichki ishlar bo‘limi boshlig'i Abror Valiyev hamda qator soha vakillari ishtirok etishdi.
Kiberjinoyatchilar tuzog‘iga tushib qolmaslik, shaxsiy maʼlumotlarni hech kimga bermaslik, bank plastik kartalari bilan bog‘liq maʼlumotlarni begona shaxslarga maʼlum qilmaslik, tavakkalchilikka asoslangan turli xil qimor o‘yinlarida ishtirok etmaslik yuzasidan videotaqdimotlar va tushuntirishlar berib o‘tildi.