Kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash yo‘lida
Kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash yo‘lida
Bugun Oqdaryo tuman hokimi Sherzod Qudratov 1-sektor hududi Yangiobod mahallasida kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash, ularning muammolarini o‘rganish va hal etish borasida navbatdagi o‘rganish ishlarini olib bordi. Tegishli mas’ullar va mahalla “Yettiligi” ishtirokida sharoiti og‘ir oilalar ko‘zdan kechirilib, ushbu oilalarning muammolari joyida muhokama qilinib, ularni kambag‘allikdan chiqarish hamda bandligini ta’minlash borasida muhim vazifalar belgilab olindi.