Kambag‘allikni qisqartirish borasida muhim topshiriqlar berildi
Kambag‘allikni qisqartirish borasida muhim topshiriqlar berildi
Bugun Oqdaryo tuman hokimi Sherzod Qudratov, sektor rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari hamda tashkilot rahbarlari ishtirokida kambag‘al oilalar bilan ishlash, ularni kambag‘allikdan chiqarish borasida olib boriladigan ishlar muhokama etildi. Muhokama davomida har bir rahbar o‘ziga biriktirilgan 5 ta xonadonda oilaning imkoniyatlari, kuchli va kuchsiz taraflari, bandligi, obodonlashtirish holati, muammolarini chuqur o‘rganish va yuqoridagilardan kelib chiqib oilani kambag‘allikdan olib chiqish bo‘yicha taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish borasida muhim topshiriqlar berildi.