Kambag‘allikdan chiqarish borasida muhim tavsiyalar berildi
Kambag‘allikdan chiqarish borasida muhim tavsiyalar berildi
Bugun Oqdaryo tuman hokimligida tuman hokimi Sherzod Qudratov, sektor rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari, tegishli tashkilot rahbarlari, mahalla raislari, hokim yordamchilari, xotin-qizlar faollari, ijtimoiy xodimlar va yoshlar yetakchilari ishtirokida tumanda kambag‘allikni qisqartirish borasida seminar-yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda kambag‘al toifadagi oilalarni kambag‘allikdan chiqarish, aholi bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar to‘g‘risida muhim ma’lumot va tavsiyalar tushuntirib o‘tildi hamda yo‘nalishlar kesimida mas’ullarga vazifalar belgilab berildi.